Prezident Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosarlari va Sudyalar Oliy kengashi raisi A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida bo‘ldi

66 06.09.2025

 Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosarlari — Hilola Umarova va Nodira Hakimova, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy kengashi raisi Xolmo‘min Yodgorov A.Avloniy yodgorlik muzeyini ko‘zdan kechirishdi.

 Shuningdek, Axborot-resurs markazida bo‘lib, kutubxona va ta‘lim fidoyilari burchagi bilan yaqindan tanishishdi. 

Uchrashuv doirasida mas‘ullar tomonidan Menejerlik o‘quv kurslari bo‘yicha taqdimot qilindi. 

Shuningdek, pedagog kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma‘lumot berildi.

Tashrif davomida institutda tashkil etilgan Jalinga video studiyasi,STEAM markazi faoliyati, jumladan, Robototexnika, Virtual tur, Aviasimulyatsiya, Gumanoid robot va A.Avloniy galogrammasi bo‘yicha ham taqdimot qilindi. 

Shu bilan birga, institut hududida tashkil etilgan bolalar kontentini rivojlantirish markazi va mehmonxonada yaratilgan sharoitlarni ham o‘rganib, o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishishdi. 

Tadbir so‘nggida, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti va Odil sudlov akademiyasi o‘rtasida ta’lim jarayonida pedagogik mahoratni oshirib borish, yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash yuzasidan o‘zaro hamkorlik qilish masalasida kelishib olindi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech