Rahimboy Jumaniyozov ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida professor, "Notiqlik san’ati akademiyasi" rahbari Rahimboy Jumaniyozov menejerlik kursi tinglovchilariga "Til taktikasi – taraqqiyot strategiyasining ta’sirchan mexanizmi" mavzusida trening o‘tkazdi.
Treningda tilning ta’lim, tarbiya va tafakkurdagi o‘rni, rahbar nutqida tashabbus, targ‘ibot, tahlil, tartib, tanqid va ta’sirchanlik kabi sifatlarning uyg‘unlashuvi haqida so‘z yuritildi.
Tinglovchilarga notiqlik mahoratini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Trening yakunida tilni ongli ishlatish, aniq ifoda va izchil fikr bildirish rahbarlik faoliyatida qanday strategik ustunlik berishi namoyish etildi.