O‘qituvchilar uchun uzluksiz kasbiy rivojlanish bo‘yicha treninglar Norvich til taʼlimi instituti mutaxassislari tomonidan olib borilmoqda

46 05.08.2025

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida 5,6 - avgust kunlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Britaniyaning Norvich til taʼlimi instituti hamkorligida uzluksiz kasbiy rivojlanish loyihasi doirasida yangi milliy maslahatchilar guruhi, 20 nafar yangi pedagoglar jamoasi, maktab UKR chempionlarini tayyorlash bo‘yicha ikki kunlik trening kurslari tashkil etilmoqda.

Trening doirasida UKR konsepsiyasi haqida umumiy tushunchani shakllantirish, o‘qituvchilar orasida o‘z kasbiy mahoratini takomillashtirishga bo‘lgan masʼuliyat hissini rivojlantirish, ularning o‘qib-o‘rganishini qo‘llab-quvvatlash va maktab o‘qituvchilari orasida uzluksiz taʼlim olish muhitini shakllantirish yo‘llari muhokama qilinmoqda.

????Treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ishtirokchilarning kasbiy kompetensiyalarini yanada oshirish va ularning uzluksiz rivojlanib, o‘sib borishini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

????Dasturning asosiy akademik hamkori Buyuk Britaniyaning Norvich til ta‘limi instituti bo‘lib, mashg‘ulotlar Norvich til ta‘limi instituti mutaxassislari tomonidan olib borilmoqda.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech