A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida metodistlar va fan mutaxassislari uchun Kasbiy rivojlanish treninglari davom etmoqda
Treninglarning asosiy maqsadi — ishtirokchilarning kasbiy kompetensiyalarini yanada oshirish va ularning doimiy o‘sib borishini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Navbatdagi trening "O‘quv natijalarini yaxshilashga qaratilgan samarali baholash. Fikr-mulohaza (Feedback) berish madaniyati” mavzusida olib borildi.
Trening davomida ishtirokchilarga fidbekning turlari, texnikalari, konstruktiv va destruktiv fidbek o‘rtasidagi farqlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga, o‘quvchilarning bilim olish jarayonini qo‘llab-quvvatlovchi samarali fikr-mulohazalarni shakllantirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi.
Turli interaktiv topshiriqlar, guruh muhokamalari orqali trening ishtirokchilari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar va faol ishtirok etdilar.
Bunday treninglar metodist va fan mutaxassislarining nafaqat kasbiy mahoratini, balki, jamoada hamkorlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.