Kasbiy rivojlanish bo‘yicha navbatdagi treninglar
130
28.07.2025
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida metodistlar va fan mutaxassislari uchun Kasbiy rivojlanish treninglariga start berildi.
Treningdan ko‘zlangan maqsad mutaxassis va metodistlarning doimiy kasbiy rivojlanishlarini qo‘llab-quvvatlashdir.
Ilk kasbiy rivojlanish treningi shaxsiy va kasbiy rivojlanish maqsadlari hamda rejalarini belgilab olish to‘g‘risida bo‘lib o‘tdi.
Bu kabi treninglar nafaqat ish jarayonini yaxshilash, balki, jamoa a’zolarining o‘zaro ishonch va hurmatni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.