Rossiyalik mutaxassislar tomonidan rus tili fani o'qituvchilari uchun mahorat darsi tashkil etildi
A.Avloniy nomidagi institutda “Живой русский: карточки как инструмент реальной коммуникации” mavzusida tashkil etilgan mahorat darsida 60 nafardan ortiq rus tili fani o‘qituvchilari, shuningdek, hududlardagi maktablar o‘qituvchilari onlayn tarzda ishtirok etdilar.
⏺Tadbirda Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi bo‘lim boshlig‘i Anvar Baxramov, A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent shahridagi filiali ijrochi direktori Ulug‘bek Tashkenbayev va institut rektori Abduvali Ismailovlar nutq so‘zlab, rus tilini o‘qitish samaradorligini oshirish, xususan, “Zo‘r” (Klass) loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdilar.
Mahorat darsi A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti mutaxassislari Mariya Ivanova va Yevgeniya Afanasevalar tomonidan olib borildi.
Mashg‘ulotlarda o‘qitishning zamonaviy usullari, o‘quvchilarning og‘zaki nutqini faollashtirish va haqiqiy kommunikatsiyani shakllantirish bo‘yicha ilg'or tajribalar yetkazildi.
Rus tilini o‘qitishda samarali yutuqlarga erishayotgan 6 nafar faol o‘qituvchilar diplom bilan taqdirlandilar. Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.









