Institut kasaba uyushmasi xodimlarining umumiy yig'ilishi o'tkazildi

8 23.10.2025 23:30

Yig'ilishda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi Kengashining tashkiliy ishlar bo‘yicha mutaxassisi Umidjon Kilichov, Olmazor tuman bo‘linmasi Kengashi raisi Nigora Shagazatova, institut rahbariyati, tarkibiy bo‘limlar, kafedra mudirlari hamda xodimlari ishtirok etdilar.

Unda, 17-oktyabr kuni O'zbekiston  Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvida bildirilgan tashabbuslar haqida  eslatib o'tildi.

✔️Ochiq ovoz berish yo'li orqali 100 foiz ovoz bilan Farhodov Fayzulla Fahriddin o'g'li institutning kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi etib saylandi.

Shuningdek, 7 nafardan iborat kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zolari saylandi va ular o‘zlariga dublyorlarini belgiladilar.

Yig'ilishda kasaba uyushmalari mehnatga oid huquqlarni himoya qilishda jonbozlik ko'rsatishi, shuningdek, yarashtiruvchi, murosaga keltiruvchi bo‘g‘in sifatida ish beruvchi va xodim o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan tuzilma ekanligi alohida ta'kidlab o'tildi.

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech