Markaziy Osiyoning 5 ta mamlakatidan ishtirok etgan mutaxassislarga sertifikatlar topshirildi!

95 23.10.2025 18:22

A.Avloniy nomidagi institutda 20–23-oktyabr kunlari o‘tkazilgan Markaziy Osiyoda ingliz tilini o‘rganishni jadallashtirishga qaratilgan trening yakunlandi.

Treningda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston Respublikasining ingliz tili pedagogik kadrlarini tayyorlashga ixtisoslashgan 27 ta oliy taʼlim muassasalaridan ishtirok etgan mutaxassislar PRESETT (Bo‘lajak Ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash) o'quv dasturlarini loyihalash, boshqarish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Seminar yakunida Britaniya Kengashi direktor o‘rinbosari Jamilya G‘ulyamova, institut rektori Abduvali Ismailov va prorektor Sherzod Radjabovlar ishtirokida Markaziy Osiyoning 5 ta mamlakatidan qatnashgan 38 nafar mutaxassislarga sertifikatlar topshirildi.

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech