Joriy yilning 17-oktyabr kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan UNESCO bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda o‘qituvchilarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish” mavzusida tadbir tashkil etildi

101 18.10.2025 17:47

Unda xalqaro ekspertlar tomonidan “Pedagogik mukammallik markazlari modeli” hamda “Global modellar” bo‘yicha taqdimotlar qilindi.

Tadbirda A.Avloniy nomidagi institut rektori Abduvali Ismailov so‘zga chiqib, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, xalqaro tajribani joriy etish hamda ta‘lim sifatini yanada rivojlantirish yo‘nalishidagi dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

Rektor o‘z nutqida zamonaviy ta‘lim jarayonida pedagogning kasbiy salohiyatini doimiy rivojlantirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi.

Shuningdek, institutning mas’ul xodimlari guruhlarda faoliyat olib borib, Pedagogik mukammallik markazi modeli hamda global ta‘lim tizimidagi ilg‘or yondashuvlar bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.

Eslatib o'tish joizki, tadbir ISHONCH jamg’armasi tomonidan moliyalashtirilgan “Ta’limda AKT va raqamlashtirish orqali imkoniyatlarni kengaytirish” dasturi doirasida tashkil qilindi.

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech