Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish masalalari yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

12 10.07.2026 14:38


A.Avloniy nomidagi institutda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi O‘RQ–1151-son Qonuni ijrosi doirasida institut xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasi uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonunchilikdagi o‘zgarishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Xususan, Jinoyat kodeksiga giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni noqonuniy tayyorlash, saqlash, targ‘ib qilish, shuningdek, narkolaboratoriyalarni tashkil etish va ularning faoliyatiga oid yangi normalar hamda javobgarlik choralari kiritilgani tushuntirildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga amaldagi qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy mas’uliyat hamda huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech