Huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
10
09.07.2026
16:00
A.Avloniy nomidagi institutda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi 202-son qarori ijrosi doirasida institut xodimlari ishtirokida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida aholi o‘rtasida huquqiy nigilizm holatlarining oldini olish, fuqarolarda qonunlarga hurmat, huquqbuzarliklarning jamiyat va davlat taraqqiyotiga salbiy ta’siri to‘g‘risida to‘g‘ri huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga amaldagi qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy mas’uliyat hamda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.



