Malakali tarjimonlar ishga taklif etiladi!
                    
                        
                        591                    
                    
                        
                        22.11.2024                    
                    
                        
                        17:07                    
                
                
                
                A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kursining o‘quv dasturlarini rus va qardosh tillarga tarjima qilish uchun tarjimonlarni shartnoma asosida ishga taklif etadi!
TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:
 Tarjimon 
NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
- Oliy ma’lumot, ta’rjima sohasida yuqori malaka hamda kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
 - Til (turkman, qozoq, qirg‘iz, tojik, qoraqalpoq, rus) yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis, bakalavr yoki magistr diplomiga ega bo‘lgan soha mutaxassisi;
 - Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.
 
NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
- Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
 - Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.
 
VAZIFA:
Tarjimon ‒ Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kursining o‘quv dasturlarini oʻz ona tiliga tarjima qilish
- Talabgorlar 2024-yil 25-noyabrga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni:
Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi; - maʼlumotnoma (Obektivka) (CV);
 - diplom, pasport nusxalarini topshirishlari so‘raladi.
 
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67
        