Malakali dizaynerlik xizmati bo‘yicha ishga taklif!

371 02.12.2024 12:30

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti “Maktab ta’limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar” jurnalini sahifalash, dizayn, infografika, jadvallar va muqovalarini tayyorlash uchun dizaynerlarni shartnoma asosida ishga taklif etadi!

TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:
Dizayner (Sahifalash, dizayn, infografika, jadvallar va muqovalarni tayyorlash)

NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:

  1. Oliy ma’lumot, ta’limi sohasida yuqori malaka hamda kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
  2. Fan, ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis, bakalavr yoxud magistr diplomiga ega bo‘lgan soha mutaxassisi;
  3. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.

NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI

  • Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
  • Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.

VAZIFA:
- Dizayner ‒ “Maktab ta’limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar” jurnalini sahifalash, dizayn, infografika, jadvallar va muqovalarini tayyorlash hamda 5 ta Signal nusxasini chop etish

Talabgorlar 2024-yil 4-dekabrga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Kadrlar bo‘limiga quyidagi hujjatlarni:
- Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
- maʼlumotnoma (Obyektivka) (CV);
- diplom, pasport nusxalarini topshirishlari so‘raladi.
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (99) 847-44-67

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech