Malakali dizaynerlar shartnoma asosida ishga taklif etiladi!
Malakali dizaynerlar shartnoma asosida ishga taklif etiladi!
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti “Maktab ta‘limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar” jurnalini sahifalash, dizayn, infografika, jadvallar va muqovalarini tayyorlash uchun dizaynerlarni shartnoma asosida ishga taklif etadi!
TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:
????Dizayner (Sahifalash, dizayn, infografika, jadvallar va muqovalarni tayyorlash)
????NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
Oliy ma‘lumot, ta‘limi sohasida yuqori malaka hamda kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
Fan, ta‘lim yo‘nalishi yoki ta‘lim sohasi bo‘yicha oliy ma‘lumotli mutaxassis, bakalavr yoxud magistr diplomiga ega bo‘lgan soha mutaxassisi;
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.
NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
Muddatlarga rioya qilish, mas‘uliyat va javobgarlik;
Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.
VAZIFA:
Dizayner ‒ “Maktab ta‘limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar” jurnalini sahifalash, dizayn, infografika, jadvallar va muqovalarini tayyorlash va 5 ta Signal nusxasini chop etish.
Talabgorlar 2025-yil 11-martga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining "Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limi"ga quyidagi hujjatlarni:
Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
maʼlumotnoma (Obektivka) (CV);
diplom, pasport nusxalarini topshirishlari so‘raladi.
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67