Informatika fani o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishga qaratilgan neyrotarmoqlar bo‘yicha kurslar joriy etildi
                    
                        
                        437                    
                    
                        
                        16.03.2025                    
                    
                        
                        10:32                    
                
                
                
                A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Yandex Uzbekistan hamkorligida tashkil etilgan mazkur yangi kurslar bepul bo‘lib, o‘qituvchilar o‘zlariga qulay vaqtda va qulay joyda onlayn o‘qishlari mumkin. 
 
Amaliy va nazariy tashkil etilgan bu kurslarda o‘qituvchilar neyrotarmoqlar va ularning qo‘llanilishi, Python dasturlash asoslari, asosiy konstruksiyalar va obyektga yo‘naltirilgan dasturlash prinsiplarini o‘rganadilar. 
 
Mavjud kurslar: 
 
 • Neyrotarmoqlar; 
 • Python dasturlashga kirish; 
 • Pythonda masalalarni yechish amaliyoti.
        