Diqqat vakantlar eʼloni!

185 17.01.2025 14:43

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti vakant lavozimlarni eʼlon qiladi. Institutda kafedralardagi yo‘nalishlar kesimida quyidagi vakant lavozimlar mavjud:

 “Ijtimoiy va amaliy fanlar metodikasi” kafedrasiga professor-o‘qituvchi va dotsent;

“Boshlang‘ich taʼlim va filologiya fanlari metodikasi” kafedrasiga professor-o‘qituvchi, dotsent va katta o‘qituvchi;

“Taʼlim menejmenti” kafedrasiga professor-o‘qituvchi, dotsent va katta o‘qituvchi;

“Aniq va tabiiy fanlari metodikasi” kafedrasiga katta o‘qituvchi;

“Pedagogika va psixologiya” kafedrasiga professor-o‘qituvchi, dotsent va katta o‘qituvchi lavozimlariga vakantlar mavjud.

Kafedraning professor, dotsent va katta o‘qituvchilariga qo‘yilgan malaka talablari

Kafedra professoriga qo‘yilgan malaka talablar

Ma’lumot – tegishli mutaxassislik bo‘yicha professor ilmiy unvoniga, fan doktori ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalaridagi ma’lumot;

Mutaxassislik – faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha;

Mehnat staji – kamida 5 yil, shundan kamida 3 yil ta’lim sohasida ilmiy-pedagogik yo‘nalish bo‘yicha ishlagan bo‘lishi;

Kompyuter savodxonligi – Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k.), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi;

Qo‘shimcha talablar – O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunlardan to‘liq xabardor bo‘lishi;

Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi);

Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlardan xabardor bo‘lishi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi, lavozim majburiyatlarida keltirilgan vazifalarni bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi.

Kafedra dotsentiga qo‘yilgan malaka talablar

Ma’lumot – tegishli mutaxassislik bo‘yicha dotsent yoki katta ilmiy xodim unvoniga yoki fan doktori (nomzodi)  falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoki tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalaridagi ma’lumot;

Mutaxassislik – faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha;

Mehnat staji – kamida 3 yil, shundan, kamida 2 yil ta’lim sohasida ilmiy-pedagogik yo‘nalish bo‘yicha ishlagan bo‘lishi;

Kompyuter savodxonligi – Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k.), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi;

Qo‘shimcha talablar – O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunlardan to‘liq xabardor bo‘lishi;

Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi);

Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlardan xabardor bo‘lishi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi, lavozim majburiyatlarida keltirilgan vazifalarni bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi.

Kafedra katta o‘qituvchisiga qo‘yilgan malaka talablar

Ma’lumot – magistr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot, shuningdek, ilmiy daraja (shu jumladan, fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) va ilmiy unvonga ega bo‘lgan hamda bunday daraja va unvonga ega bo‘lmagan, biroq o‘qituvchilik, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish ishlari tajribasiga ega bo‘lishi;

Mutaxassislik – faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha;

Mehnat staji – kamida 2 yil, shundan kamida 1 yil ta’lim sohasida ilmiy-pedagogik yo‘nalish bo‘yicha ishlagan bo‘lishi;

Kompyuter savodxonligi – Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi;

Qo‘shimcha talablar – O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunlardan to‘liq xabardor bo‘lishi;

Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi);

Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlardan xabardor bo‘lishi, doimiy ravishda malakasini oshirganligi, lavozim majburiyatlarida keltirilgan vazifalarni bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi talab etiladi.

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech