DIQQAT! A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti malakali mutaxassislarni ishga taklif etadi!
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti “Vision 2030 – O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirish: Ta’limda AKT va raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali ta’lim sifatini va inklyuzivligini oshirish” loyihasi doirasida maktablarda raqamli va STEM-ta’limni integratsiyalashni modellashtirishni nazorat qilish va maktablardagi inklyuziv raqamli muhitni qo‘llab-quvvatlash hamda baholash uchun zarur bo‘lgan sifat va jihozlarga oid minimal talablar va standartlarni ishlab chiqish bo‘yicha yuqori malakali ta’lim xodimlari hamda mutaxassislarni tanlov va shartnoma asosida ishga taklif etadi!
TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:
✅ Loyiha menejeri;
✅ Me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va strategik rivojlantirish bo‘yicha mutaxassis;
✅ Ta’lim resurslari va maktab o‘quv dasturini muvofiqlashtirish bo‘yicha mutaxassis;
✅ Maktab AKT infratuzilmasi bo‘yicha mutaxassis;
✅ O‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha mutaxassis;
✅ Darsdan tashqari ta’lim bo‘yicha mutaxassis;
✅ O‘quv faoliyatini baholash tizimi bo‘yicha mutaxassis;
✅ Buxgalter;
✅ O‘quvchilar uchun raqamli ta’lim resurslari va maktab o‘quv dasturini muvofiqlashtirish bo‘yicha mutaxassis;
✅ O‘qituvchining mahorati va raqamli kompetensiyalari bo‘yicha mutaxassis;
✅ O‘qituvchilarni raqamli o‘quv resurslar bilan ta’minlash bo‘yicha mutaxassis;
✅ Maktab rahbariyati bo‘yicha mutaxassis (direktorlarning malakasini oshirish)
✅ Tarjimon;
✅ Inklyuziv ta’lim bo‘yicha mutaxassis;
✅ Qurilma spesifikatsiyalari bo‘yicha mutaxassis (kompyuterlar);
✅ AKT qurilmalarining texnik xususiyatlari bo‘yicha mutaxassis;
✅ Dasturiy ta’minot va operatsion tizimlar bo‘yicha mutaxassis;
✅ Assistent;
NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
✅ Ta’limi sohasida yuqori malaka hamda kadrlar, normativ-huquqiy hujjatlardan xabardor, ta’limni raqamlashtirishga oid yuqori ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, yangi baholash tizimlarini tushunishi, moliya-buxgalteriya sohalari bo‘yicha kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
✅ Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.
NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
✅ Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat, intizom va javobgarlik;
✅ Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.
VAZIFALAR:
Loyiha menejeri:
1.Loyiha maqsadi va talablarini aniqlash;
2.Loyiha rejasi va strategik yo‘nalishlarni ishlab chiqish;
3.Loyihada ishlaydigan jamoa a’zolarini tanlash, ularga vazifalar va mas’uliyatlar berish, jamoa a’zolarini samarali boshqarish va ularning o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
4.Loyihaga xos bo‘lgan potensial xatarlarni, xatarlarni baholash va ularga qarshi choralarni ko‘rish, loyihaning barcha bo‘limlarida xavf-xatarlarni minimallashtirish;
5.Loyiha to‘liq amalga oshirilganidan keyin, natijalarni aniqlash va loyiha ishini rasman yakunlash, loyiha xulosasini tayyorlash va kelajakda shunga o‘xshash loyihalar uchun tavsiyalar berish;
6.Ishlarni muvofiqlashtirish va ishchi guruh a’zolarining asosiy hisobotini ishlab chiqish;
7.Loyihaning tatbiq etilishi va uning natijalari haqida batafsil hisobot tayyorlash;
8.Dastlabki baholash hisoboti loyihasini ko‘rib chiqish hamda takomillashtirishda ishtirok etish.
Buxgalter
1.Loyihani amalga oshirish chora-tadbirlariga monand hisob siyosatini shakllantirish;
2.Hisobotlarni o‘z vaqtida tayyorlash;
3.To‘lov hisob-kitoblari, to‘lovlar va soliqlarning turli darajadagi budjetlarga o‘tkazmalari va hisob-kitoblarini hamda bank muassasalariga to‘lovlarni tayyorlashni ta’minlash;
4.Moliya masalalari bo‘yicha normativ, Qonunchilik va huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
5.Buxgalteriya hujjatlarini ro‘yxatga olishning to‘g‘riligi va o‘z vaqtidaligini nazorat qilish;
6.Loyiha ishtirokchilariga ish haqini o‘z vaqtida to‘lash choralarini ko‘rish.
Me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va strategik rivojlanish bo‘yicha mutaxassis
1.O‘zbekistondagi raqamli va STEM ta’limiga oid davlat siyosatni tahlil qilish;
2.Loyihani davlat strategiyalari bilan muvofiqlashtirish bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlash;
3.Maktablar uchun raqamli ta’lim bo‘yicha yo‘riqnoma va qoidalar bo‘yicha taklif va tavsiyalar berish;
4.Raqamli qurilmalar va ulardan foydalanish bo‘yicha milliy ko‘rsatmalar/yo‘l xaritasi sifatida qabul qilinadigan tavsiyalarni ishlab chiqish;
5.UNICEF bilan hamkorlikda tashkil etiladidan Ishchi guruhning tegishli uchrashuv va yig‘ilishlarida ishtirok etish;
6.Dastlabki baholash hisoboti loyihasini ko‘rib chiqish hamda takomillashtirishda ishtirok etish;
7.Yangi raqamli va STEM o‘quv laboratoriyalari (raqamli o‘quv qurilmalari, vositalar va dasturiy ta’minot) uchun standart, texnik yo‘riqnoma va yo‘l xaritalari tayyorlashda ishtirok etish.
Maktab AKT infratuzilmasi bo‘yicha mutaxassis:
1.Maktablarda internet va raqamli uskunalarni tahlil qilish;
2.Mavjud muammolar bo‘yicha infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha takliflar berish;
3.Texnik xizmat va xavfsizlik masalalarida ma’lumotlar berish;
4.AKT infratuzilmasini joriy qilish bo‘yicha mavjud standartlar, qonunchilikda belgilangan talablar bo‘yicha ma’lumotlar paketini tayyorlash;
5.Maktablarda raqamli infratuzilma joriy qilish jarayonini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
6.UNICEF bilan hamkorlikda tashkil etiladidan Ishchi guruhning tegishli uchrashuv va yig‘ilishlarida ishtirok etish;
7.Dastlabki baholash hisoboti loyihasini ko‘rib chiqish hamda takomillashtirishda ishtirok etish;
8.Yangi raqamli va STEM o‘quv laboratoriyalari (raqamli o‘quv qurilmalari, vositalar va dasturiy ta’minot) uchun standart, texnik yo‘riqnoma va yo‘l xaritalari tayyorlashda ishtirok etish.
Qurilma spesifikatsiyalari bo‘yicha mutaxassis (kompyuterlar)
1.AKT infratuzilmasini joriy qilish bo‘yicha mavjud standartlar, qonunchilikda belgilangan talablar bo‘yicha ma’lumotlar paketini tayyorlash;
2.Texnik qurulmalarning (kompyuterlar) xalqaro standartlarga muvofiqligini tahlil qilish;
3.Iqtisodiy jihatdan maqbul qurilmalarni tanlash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
4.Qurulmalarni xavfsiz va ehtiyot saqlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
5.UNICEF bilan hamkorlikda tashkil etiladidan Ishchi guruhning tegishli uchrashuv va yig‘ilishlarida ishtirok etish;
6.Dastlabki baholash hisoboti loyihasini ko‘rib chiqish hamda takomillashtirishda ishtirok etish;
7.Yangi raqamli va STEM o‘quv laboratoriyalari (raqamli o‘quv qurilmalari, vositalar va dasturiy ta’minot) uchun standart, texnik yo‘riqnoma va yo‘l xaritalari tayyorlashda ishtirok etish.
Ta’lim resurslari va maktab o‘quv dasturini muvofiqlashtirish bo‘yicha mutaxassis:
1.Raqamli ta’lim resurslarining o‘quv dasturi bilan mos kelishini o‘rganish;
2.Yangi raqamli ta’lim materiallarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
3.Interfaol va zamonaviy o‘quv platformalarini taklif qilish hamda raqamli resurslar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
4.Darslik va o‘quv materiallarini raqamlashtirish bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlash;
5.UNICEF bilan hamkorlikda tashkil etiladigan Ishchi guruhning tegishli uchrashuv va yig‘ilishlarida ishtirok etish;
6.Dastlabki baholash hisoboti loyihasini ko‘rib chiqish hamda takomillashtirishda ishtirok etish;
7.Yangi raqamli va STEM o‘quv laboratoriyalari (raqamli o‘quv qurilmalari, vositalar va dasturiy ta’minot) uchun standart, texnik yo‘riqnoma va yo‘l xaritalari tayyorlashda ishtirok etish.
O‘quvchilar uchun raqamli ta’lim resurslari va maktab o‘quv dasturini muvofiqlashtirish bo‘yicha mutaxassis:
1.O‘quvchilar uchun raqamli o‘quv platformalar bo‘yicha tavsiyalar berish;
2.Kontentning inklyuziv va barcha o‘quvchilarga mos kelishini ta’minlashga doir tavsiyalar berish;
3.Ta’lim jarayonida raqamli resurslarni samarali qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish hamda o‘quvchilarga mo‘ljallangan yangi raqamli vositalar va darslarda raqamli vositalarni integratsiya qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
4.UNICEF bilan hamkorlikda tashkil etiladigan Ishchi guruhning tegishli uchrashuv va yig‘ilishlarida ishtirok etish;
5.Dastlabki baholash hisoboti loyihasini ko‘rib chiqish hamda takomillashtirishda ishtirok etish;
6.Yangi raqamli va STEM o‘quv laboratoriyalari (raqamli o‘quv qurilmalari, vositalar va dasturiy ta’minot) uchun standart, texnik yo‘riqnoma va yo‘l xaritalari tayyorlashda ishtirok etish.
O‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha mutaxassis:
1.O‘qituvchilar uchun raqamli ta’lim metodikasi bo‘yicha o‘quv dasturlariga takliflar berish;
2.O‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini oshirishda amaliy tavsiyalar tayyorlash;
3.Kasbiy rivojlanish dasturlarining samaradorligini baholash;
4.UNICEF bilan hamkorlikda tashkil etiladidan Ishchi guruhning tegishli uchrashuv va yig‘ilishlarida ishtirok etish;
5.Dastlabki baholash hisoboti loyihasini ko‘rib chiqish hamda takomillashtirishda ishtirok etish;
6.Yangi raqamli va STEM o‘quv laboratoriyalari (raqamli o‘quv qurilmalari, vositalar va dasturiy ta’minot) uchun standart, texnik yo‘riqnoma va yo‘l xaritalari tayyorlashda ishtirok etish.
O‘qituvchining mahorati va raqamli kompetensiyalari bo‘yicha mutaxassis:
1.O‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini baholash bo‘yicha takliflar tayyorlash va dars jarayonida raqamli texnologiyalarni samarali qo‘llash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
2.O‘qituvchilarni raqamli vositalar bilan ishlash bo‘yicha treninglar tashkil qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
3.O‘qituvchilarni yangi raqamli texnologiyalarga moslashtirishda amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
4.Raqamli va STEM ta’lim muhitini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va ma’lumotlarni tayyorlash;
5.UNICEF bilan hamkorlikda tashkil etiladidan Ishchi guruhning tegishli uchrashuv va yig‘ilishlarida ishtirok etish;
6.Dastlabki baholash hisoboti loyihasini ko‘rib chiqish hamda takomillashtirishda ishtirok etish;
7.Yangi raqamli va STEM o‘quv laboratoriyalari (raqamli o‘quv qurilmalari, vositalar va dasturiy ta’minot) uchun standart, texnik yo‘riqnoma va yo‘l xaritalari tayyorlashda ishtirok etish.
O‘qituvchilarni raqamli o‘quv resurslar bilan ta’minlash bo‘yicha mutaxassis:
1.O‘quvchilar uchun raqamli o‘quv platformalar bo‘yicha tavsiyalar berish;
2.Kontentning inklyuziv va barcha o‘quvchilarga mos kelishini ta’minlashga doir tavsiyalar berish;
3.Ta’lim jarayonida raqamli resurslarni samarali qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish hamda o‘quvchilarga mo‘ljallangan yangi raqamli vositalar va darslarda raqamli vositalarni integratsiya qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
4.UNICEF bilan hamkorlikda tashkil etiladigan Ishchi guruhning tegishli uchrashuv va yig‘ilishlarida ishtirok etish;
5.Dastlabki baholash hisoboti loyihasini ko‘rib chiqish hamda takomillashtirishda ishtirok etish;
6.Yangi raqamli va STEM o‘quv laboratoriyalari (raqamli o‘quv qurilmalari, vositalar va dasturiy ta’minot) uchun standart, texnik yo‘riqnoma va yo‘l xaritalari tayyorlashda ishtirok etish.
Maktab rahbariyati bo‘yicha mutaxassis (direktorlarning malakasini oshirish)
1.Maktab rahbarlari uchun raqamli transformatsiya bo‘yicha o‘quv dasturlariga takliflar berish;
2.Maktablarda raqamli ta’limga oid islohotlarni amalga oshirishda amaliy tavsiyalar berish;
3.Maktab rahbarlarining raqamli savodxonligini baholash va rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
4.UNICEF bilan hamkorlikda tashkil etiladidan Ishchi guruhning tegishli uchrashuv va yig‘ilishlarida ishtirok etish;
5.Dastlabki baholash hisoboti loyihasini ko‘rib chiqish hamda takomillashtirishda ishtirok etish;
6.Yangi raqamli va STEM o‘quv laboratoriyalari (raqamli o‘quv qurilmalari, vositalar va dasturiy ta’minot) uchun standart, texnik yo‘riqnoma va yo‘l xaritalari tayyorlashda ishtirok etish.
Ta’lim boshqaruvi axborot tizimi (EMIS) va monitoring bo‘yicha (M&E) mutaxassis
1.Maktablarda raqamli ta’lim natijalari monitoringini yuritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
2.EMIS (Ta’lim boshqaruv axborot tizimi) orqali ma’lumotlar yig‘ishni qo‘llab-quvvatlashda ko‘maklashish;
3.Maktablarda raqamli ta’lim tizimlarini joriy qilish bo‘yicha tavsiyalar berish;
4.UNICEF bilan hamkorlikda tashkil etiladigan Ishchi guruhning tegishli uchrashuv va yig‘ilishlarida ishtirok etish;
5.Dastlabki baholash hisoboti loyihasini ko‘rib chiqish hamda takomillashtirishda ishtirok etish;
6.Yangi raqamli va STEM o‘quv laboratoriyalari (raqamli o‘quv qurilmalari, vositalar va dasturiy ta’minot) uchun standart, texnik yo‘riqnoma va yo‘l xaritalari tayyorlashda ishtirok etish.
O‘quv faoliyatini baholash tizimi bo‘yicha mutaxassis:
1.Raqamli ta’lim va STEM o‘quv dasturlari uchun baholash tizimlarini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar tayyorlash;
2.O‘quvchilarning raqamli ko‘nikmalarini baholash vositalarini rivojlantirish;
3.Ta’lim jarayonini yaxshilash uchun raqamli baholash vositalarini integratsiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
4.UNICEF bilan hamkorlikda tashkil etiladigan Ishchi guruhning tegishli uchrashuv va yig‘ilishlarida ishtirok etish;
5.Dastlabki baholash hisoboti loyihasini ko‘rib chiqish hamda takomillashtirishda ishtirok etish;
6.Yangi raqamli va STEM o‘quv laboratoriyalari (raqamli o‘quv qurilmalari, vositalar va dasturiy ta’minot) uchun standart, texnik yo‘riqnoma va yo‘l xaritalari tayyorlashda ishtirok etish.
Inklyuziv ta’lim bo‘yicha mutaxassis
1.Maktablarda inklyuziv ta’lim muhitini shakllantirish bo‘yicha strategiyalar paketini tayyorlash;
2.Raqamli ta’lim platformalarining imkoniyati cheklangan bolalar uchun moslashtirilishi bo‘yicha takliflar tayyorlash;
3.Inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus texnologiyalarni tavsiya qilish va Inklyuziv ta’limda raqamli texnologiyalarni samarali joriy qilish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash;
4.UNICEF bilan hamkorlikda tashkil etiladidan Ishchi guruhning tegishli uchrashuv va yig‘ilishlarida ishtirok etish;
5.Dastlabki baholash hisoboti loyihasini ko‘rib chiqish hamda takomillashtirishda ishtirok etish;
6.Yangi raqamli va STEM o‘quv laboratoriyalari (raqamli o‘quv qurilmalari, vositalar va dasturiy ta’minot) uchun standart, texnik yo‘riqnoma va yo‘l xaritalari tayyorlashda ishtirok etish.
Darsdan tashqari ta’lim bo‘yicha mutaxassis
1.Maktablarda STEM va raqamli ta’lim to‘garaklarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
2.Darsdan tashqari o‘quv faoliyat uchun interaktiv raqamli o‘quv materiallarini ishlab chiqish;
3.Darsdan tashqari raqamli o‘quv jarayonini milliy ta’lim dasturi bilan bog‘lash bo‘yicha takliflar tayyorlash;
4.UNICEF bilan hamkorlikda tashkil etiladigan Ishchi guruhning tegishli uchrashuv va yig‘ilishlarida ishtirok etish;
5.Dastlabki baholash hisoboti loyihasini ko‘rib chiqish hamda takomillashtirishda ishtirok etish;
6. Yangi raqamli va STEM o‘quv laboratoriyalari (raqamli o‘quv qurilmalari, vositalar va dasturiy ta’minot) uchun standart, texnik yo‘riqnoma va yo‘l xaritalari tayyorlashda ishtirok etish.
Tarjimon
1.Matnni tarjima qilish;
2.Matnni qayta ishlash;
3.Konsekutiv va simultan tarjima;
4.Matinni yozuv va stilga moslashtirish;
5.Kontekstni e’tiborga olish.
Assistent
1.Hujjatlarni tayyorlash va ularni tartibga solish;
2.Uchrashuvlar, konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni tashkil qilish;
3.Uchrashuvlar va ish jarayonlarini samarali tarzda muvofiqlashtirish;
4.Hujjatlarni tashkil qilish, ishlab chiqish, tahrirlash va ro‘yxatga olish;
5.Hujjatlarni tuzish va ularni moslashtirish (qonunchilik, hisobotlar, ish topshiriqlari, xatlar va boshqalar).
Talabgorlar 2024 yil 27 dekabrga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni:
✅belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
✅ma’lumotnoma (Obyektivka) (CV);
✅diplom, pasport nusxalarini topshirishlari so‘raladi.
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67