DIQQAT! A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti malakali dizaynerlarni ishga taklif etadi!

285 14.02.2025 16:45

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti PISA tadqiqotida matematik savodxonlikni baholash (Matematika fani o‘qituvchilari, metodistlari va soha mutaxassislari uchun metodik qo‘llanma) (233 bet), PISA tadqiqotida tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlikni baholash (Tabiiy yo‘nalishdagi fan o‘qituvchilari, metodistlari va soha mutaxassislari uchun metodik qo‘llanma) (169 bet) dizayn, sahifalash uchun dizaynerlarni shartnoma asosida ishga taklif etadi! 

✔️TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:

Dizayner (Sahifalash, dizayn,) 

NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR: 

✅ Oliy maʼlumot, taʼlim sohasida yuqori malaka hamda kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;

✅Fan, taʼlim yo‘nalishi yoki taʼlim sohasi bo‘yicha oliy maʼlumotli mutaxassis, bakalavr yoxud magistr diplomiga ega bo‘lgan soha mutaxassisi;

✅ Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish. 

NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI: 

✅ Muddatlarga rioya qilish, masʼuliyat va javobgarlik;

✅ Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash. 

VAZIFA:

Kitobning dizayn strukturasini ishlab chiqish va tasdiqlash;

Kitob sahifalarining vizual dizaynini yaratish;

Matn va grafika joylashuvini muvofiqlashtirish;

Ko‘rgazmali materiallarni yaratish va sahifalarga joylashtirish;

Zamonaviy dizayn dasturlaridan foydalangan holda sahifalash.

Talabgorlar 2025 yil 18 fevralga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining "Inson resurslarini rivojlantirish" bo‘limiga quyidagi hujjatlarni:

Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;

maʼlumotnoma (Obektivka);

diplom va pasport nusxalarini topshirishlari lozim.

Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘kasi, 6-uy.

☎️Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech