A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti yuqori malakali IT mutaxassislari shartnoma asosida ishga taklif etadi!
                    
                        
                        814                    
                    
                        
                        02.10.2024                    
                    
                        
                        16:48                    
                
                
                
                A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasini (https://onlinedu.uz) so‘ngi islohotlardan kelib chiqqan holda takomillashtirish bo‘yicha yuqori malakali IT mutaxassislari shartnoma asosida ishga taklif etadi!
NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
- Elektron tizim yaratish bo‘yicha tajribaga ega;
 - Foydalanuvchi interfeysini andozalash, frontend va backend qismga ulash va dizayn elementlarini kodlashtirish;
 - Tizim analoglari, sohadagi texnik tendensiyalar bilan ishlash;
 - Tizim ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish, tashqi integratsiyalarni amalga oshirish
 
NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
- Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
 - Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.
 
VAZIFALAR:
Elektron platformada quyidagi takomillashtirish ishlarini olib borish, jumladan:
- Xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan kurslarni texnik qo‘llab-quvvatlash va o‘tkazilgan malaka oshirish kurslari sertifikatlarini rasmiylashtirish;
 - Maqsadli kurslar sertifikatini islohotlardan kelib chiqqan holda qayta ishlash (sertifikat matnini, institut nomini to‘g‘rilash);
 - Maqsadli kurslar boʻyicha statistik ma’lumotlarni chiqarish;
 - Maqsadli kurslarning davomiyligini belgilash funksiyasini ishlab chiqish;
 - Maqsadli va malaka oshirish kurslarida tushadigan testlar sonini belgilash mexanizmini ishlab chiqish;
 - Hududiy pedagogik mahorat markazlari tashkil etayotgan kurslardagi tinglovchilar soni 25 nafardan kam bo‘lgan taqdirda guruhni shakllantirish imkonini berish funksiyasini ishlab chiqish;
 - KRK tadbirlari uchun funksiyalar imkoniyatini cheklash va KRK kirish buyrug‘ini shakllantirish mexanizmini ishlab chiqish;
 - Elelktron platforma klonini olish;
 - Vazirlikning ERP tizimi bilan integratsiya qilish ishlarini olib borish;
 - Platformada yig‘iladigan statistik ma’lumotlarni boshqa tizimga berish uchun API chiqarish.
 
Talabgorlar 2024-yil 5-oktabrga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni:
- belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
 - maʼlumotnoma (Obektivka) (CV);
 - diplom, pasport nusxalarini topshirishlari so‘raladi.
 
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (71) 246-98-69
        