A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan malakali grafika dizaynerlar uchun tanlov eʼlon qilinadi!

131 06.01.2025 15:56

Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutining brend-aydentikasi, logotipini yangilash maqsadida professional grafika dizaynerlarni shartnoma asosida ishga taklif etadi!

TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:

Grafika dizayner

NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:

✅Oliy ma’lumot, malaka hamda kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;

✅Fan, ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis, bakalavr yoxud magistr diplomiga ega bo‘lgan soha mutaxassisi;

✅ Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.

NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:

✅ Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;

✅ Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.

VAZIFA:

⏩ Grafika dizayner

  – logotipda institutning yangi binosi hamda faoliyati va ahamiyatini falsafiy ifoda etish;

– logotip betakror badiiy yechim va kreativ yondashuvga ega bo‘lishi hamda undan ramz sifatida foydalanish mumkinligi;

– logotipda juda ko‘p mayda detallar bo‘lmasligi;

– logotip zamonaviy, o‘ziga xos, oson tanib olinadigan va noanʼanaviy shaklga ega bo‘lishi;

– logotip loyihasi formati – 10 Mb gacha, ikki ko‘rinishda – PNG va JPG formatda bo‘lishi lozim.

⚡️A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Talabgorlar 2025-yil 8-yanvarga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi xujjatlarni:

Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;

ma’lumotnoma (Obektivka);

diplom va pasport nusxalari;

Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo koʻkasi, 6-uy.

Murojaat uchun telefon: (71) 246-98-69

 

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech