A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti davlat tilida ish yurutuvchi malakali mutaxassislarni ishga taklif etadi!
423
21.10.2024
22:24
TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:
- O‘zbek tili bo‘yicha mutaxassis
NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
- Oliy ma’lumot, ta’limi sohasida yuqori malaka hamda kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
- Fan, ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis, bakalavr yoxud magistr diplomiga ega bo‘lgan soha mutaxassisi;
- Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.
NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
- Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
- Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.
VAZIFA:
Institutda barcha idoralararo hujjatlar aylanishi davlat tilida bo‘lishini to‘liq ta’minlashga va bu jarayonda davlat tiliga qat’iy amal qilishga ko‘maklashish;
Institutning rasmiy veb saytidagi ma’lumotlarni davlat tilida yuritilishida ko‘maklashish.
Talabgorlar 2024-yil 23-oktabrga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni:
- belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
- ma’lumotnoma (Obektivka);
- diplom va pasport nusxalari;
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo koʻkasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (71) 246-98-69