A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan Test administratorlar uchun tanlov eʼlon qilinadi!

13 10.04.2026 14:13

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti PIRLS 2026 tadqiqotining asosiy sinov jarayonlarini oʻtkazish uchun taʼlim sohasidagi tajribali mutaxassislarni Test administratorlikka shartnoma asosida ishga taklif etadi!

TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:
Test administratorlar

NOMZODLARGA QOʻYILADIGAN TALABLAR:
- Oliy maʼlumot, malaka hamda kamida ta’lim sohasida 3 yillik ish tajribasiga ega boʻlish;
- Kompyuterda ishlash koʻnikmalariga ega boʻlish;
- Sinov oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomalarni oʻzlashtira olish va amaliyotda toʻgʻri qoʻllay olish;
- Xalqaro tadqiqotlar (PISA, TIMSS, PIRLS, TALIS) haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish.

NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
- Muddatlarga qatʼiy rioya qilish, masʼuliyat va javobgarlik;
- Yangiliklarga ochiqlik, kreativ fikrlash;
- Jamoada ishlash qobiliyati;
- Murakkab vaziyatlarda ham samarali ishlash qobiliyati;
- Tashabbuskorlik va oʻz vazifalariga ijodiy yondashish.

VAZIFA:
• Test administratorlari uchun belgilangan materiallarni koʻrib chiqish;
• Sinov materiallari xavfsizligini taʼminlash;
• Maktab koordinatorlari bilan sinov jarayoni rejalarini koʻrib chiqish;
• Sinov jarayoni uchun zarur boʻlgan barcha materiallarni tayyorlash;
• Belgilangan sinov kuni maktabga vaqtida yetib borish va jarayon uchun tayyorgarlikni amalga oshirish;
• Sinov sessiyalarini PIRLS 2026 tadqiqoti yoʻriqnomalarida belgilangan tartibda oʻtkazish;
• Sinov sessiyalari yakunlangandan soʻng tegishli materiallarni belgilangan masʼullarga qaytarish;
• Sinov sessiyalar yakunlangandan soʻng sessiya toʻgʻrisida tegishli masʼullarga hisobot berish.

Talabgorlar 2026-yil 13-aprelga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining inson resurslarini rivojlantirish boʻlimiga quyidagi hujjatlarni:
Belgilangan vazifalar boʻyicha tijorat taklifi;
- maʼlumotnoma (Obyektivka);
- diplom va pasport nusxalari;
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 6-uy
Murojaat uchun telefon: +998 55 508 06 67
+998 99 828 10 07

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech