A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti malakali muharrir va tarjimonlarni ishga taklif etadi
Institut PIRLS 2026 xalqaro tadqiqoti doirasida quyidagi ishlar uchun shartnoma asosida mutaxassislarni jalb qiladi:
• Qoraqalpoq tilidagi baholash materiallarini tahrirlash (5026 so‘z)
• So‘rovnoma materiallarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilish (7506 so‘z)
TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:
• Matn muharriri (tahrirlash)
• Tarjimon
NOMZODLARGA QOʻYILADIGAN TALABLAR:
• Sohaga oid yuqori malaka va kamida 1 yillik tajriba
• Oliy ma’lumot (bakalavr yoki magistr)
• AKT vositalaridan erkin foydalanish ko‘nikmasi
NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
• Muddatlarga qat’iy rioya qilish
• Mas’uliyat va javobgarlik
• Yangiliklarga ochiqlik, kreativ fikrlash
VAZIFALAR:
Matn muharriri:
• Baholash materiallarini xalqaro tashkilot taqdim etgan platformada tahrirlash
• Grammatik, imloviy va uslubiy xatolarni aniqlash va tuzatish
• Matnni inglizcha manba va o‘zbekcha tarjima bilan solishtirish
• Mazmuniy moslik va tushunarlilikni ta’minlash
• Terminologik uyg‘unlik va izchillikni saqlash
• Yakuniy tahrirni amalga oshirish
Tarjimon:
• So‘rovnoma materiallarini maxsus platformada tarjima qilish
• Matnni moslashtirish va ravonligini ta’minlash
• Terminologik bir xillik va izchillikni saqlash
• Tarjimalarni o‘zbek tilidagi variant bilan solishtirish
• Yakuniy tahrirni amalga oshirish
• Mazmuniy aniqlik va tushunarlilikni ta’minlash
Hujjatlar topshirish tartibi:
Nomzodlar 2025-yil 15-dekabrga qadar quyidagi hujjatlarni inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga taqdim etadilar:
• Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi
• Ma’lumotnoma (obyektivka)
• Diplom va pasport nusxalari
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy
Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67, (99) 828-10-07
