A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti malakali dizaynerlarni ishga taklif etadi!

104 09.12.2025 17:56

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti quyidagi qo‘llanmalarni dizayn qilish va sahifalash ishlari uchun dizaynerlarni shartnoma asosida hamkorlikka taklif etadi.

Qo‘llanmalar:

-Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ma’naviy-axloqiy tarbiya (48 bet)
- Ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlari (64 bet)
- Mahalla — milliy tarbiya maskani (48 bet)
- Go‘zal xulq modellari (96 bet)
- Go‘dak tarbiyasi (64 bet)
- Raqamli avlod tarbiyasi (128 bet)

TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLIK:

* Dizayner (kitob dizayni va sahifalash)

NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:

- soha bo‘yicha yuqori malaka va kamida 1 yillik ish tajribasi;
- zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.

NOMZODLARNING SHAXSIY SIFATLARI:

- belgilangan muddatlarga qat’iy rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
- yangiliklarga ochiqlik, kreativ va innovatsion fikrlash.

ASOSIY VAZIFALAR:

- kitob sahifalarining vizual dizaynini ishlab chiqish;
- matn va grafik materiallar joylashuvini muvofiqlashtirish;
- zamonaviy dizayn dasturlari yordamida sahifalash ishlarini amalga oshirish;
- matnlardagi imlo xatolarini korrigatsiya qilish (musahhihlik);
- kitob muqovasi dizaynini yaratish;
- kitobning sinov variantini 1 nusxada nashr qilish.

HUJJATLARNI TOPSHIRISH TARTIBI:
Talabgorlar 2025-yil 12-dekabrga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

- belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
- ma’lumotnoma (obyektivka);
-diplom va pasport nusxalari.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefonlar:
(55) 508-06-67
(99) 828-10-07

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech