DIQQAT! Shartnoma asosida ish!

53 28.10.2025 17:08

 A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti malakali dasturchilar uchun tanlov eʼlon qiladi!

Institut malakali dasturchilarni shartnoma asosida ishga taklif etadi!

 Taklif etilayotgan mutaxassislar:

⌨️ Dasturchi

✔️ Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

✅ Oliy ma‘lumot, malaka hamda kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
✅ Sohasi bo‘yicha oliy ma‘lumotli mutaxassis, bakalavr yoxud magistr diplomi mavjud bo‘lishi;
✅ Loyihalarda qatnashgan bo‘lishi;
Figma dasturida mukammal ishlay olishi;
JavaScript freymvorklari — Vue.js va Next.js da ishlash bo‘yicha kamida 2 yillik tajribaga ega bo‘lishi;
Go (Golang) dasturlash tilida ishlash bo‘yicha kamida 2 yillik tajribaga ega bo‘lishi;
✅ Mutaxassis o‘z xizmatlarini yuqori saviyada, professional darajada bajarishi.

   Nomzodning shaxsiy sifatlari:

✅ Belgilangan muddatlarga rioya qilish, mas‘uliyat va javobgarlik;
✅ Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.

 Vazifalar:

Nomzod faoliyati test.avloniy.uz, journal.avloniy.uz, krk.avloniy.uz, steam.avloniy.uz va avloniy.uz platformalari bilan bog‘liq bo‘lib, ish jarayonida buyurtmachi tomonidan quyidagicha belgilab boriladi:

  • krk.avloniy.uz platformasini yanada rivojlantirish uchun frontend, backend va dizayn qismlarida qo‘shimcha ishlar olib borish;
  • test.avloniy.uz platformasini yanada rivojlantirish uchun frontend, backend va dizayn qismlarida qo‘shimcha ishlar olib borish;
  • avloniy.uz saytini yanada rivojlantirish uchun frontend, backend va dizayn qismlarida qo‘shimcha ishlar olib borish;
  • journal.avloniy.uz saytini yanada rivojlantirish uchun frontend, backend va dizayn qismlarida qo‘shimcha ishlar olib borish;
  • steam.avloniy.uz saytini yanada rivojlantirish uchun frontend, backend va dizayn qismlarida qo‘shimcha ishlar olib borish.

 Hujjat topshirish tartibi:

Talabgorlar 2025-yil 30-oktyabrga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining “Inson resurslarini rivojlantirish” bo‘limiga quyidagi hujjatlarni topshirishlari so‘raladi:

  • Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;

  • Ma‘lumotnoma (obyektivka);

  • Diplom va pasport nusxalari.

 Manzil:

Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech