DIQQAT! ILMIY MAQOLALAR QABULI BOSHLANDI!
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti OAK ro‘yxatidan o‘tgan, maqolalari xalqaro indeksatsiya bazalariga kirgan “Maktab ta’limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar” jurnalining 2025-yil 5-soni uchun ilmiy maqolalarni qabul qiladi!
Agar siz ta’lim sohasida izlanish olib borayotgan olim, tadqiqotchi yoki mutaxassis bo‘lsangiz, ilmiy maqolangizni jurnalimizda chop etish uchun yuborishingiz mumkin.
✅Qabul qilinadigan yo‘nalishlar:
-Maktab ta’limi va uzluksiz ta’lim – mamlakatimizdagi islohotlar, xalqaro tajribalar;
-Zamonaviy pedagogik texnologiyalar – yangi usullar, innovatsiyalar va ularni tatbiq etish;
-Xalqaro ilmiy tadqiqotlar – maktab ta’limining dolzarb muammolari yuzasidan olib borilayotgan izlanishlar;
-Ta’lim menejmenti va boshqaruvi – kadrlar tayyorlash, malaka oshirish, xalqaro baholash tadqiqotlari;
-Ilmiy-uslubiy tadqiqotlar – ta’lim standartlari, o‘quv rejalar va dasturlarni ishlab chiqish;
-Ta’lim strategiyalari – istiqbolli yo‘nalishlar, strategik rejalashtirish va amaliy tadqiqotlar.
✅Maqolalarga qo‘yiladigan talablar:
• Tillar: o‘zbek (lotin alifbosi), rus yoki ingliz
⏺Maqola sarlavhasi: o‘zbek, rus va ingliz tillarida yozilishi kerak
⏺Muallif haqida ma’lumot: F.I.Sh., ish joyi, ilmiy daraja, elektron pochta, telefon raqami
⏺Annotatsiya (Abstrakt): maqolaning qisqacha mazmuni (100-250 so‘z), uch tilda bo‘lishi lozim
⏺Kalit so‘zlar: 6–8 marta maqola ichida ishlatilishi kerak
⏺Maqola tuzilishi: kirish, asosiy qism, xulosa bo‘lishi shart
⏺Format: Times New Roman, 14 shrift, 1 interval, 2 sm hoshiyalar
⏺Hajm: 8–16 bet
⏺ Illustratsiyalar: aniq, xalqaro standartlarga mos jadval va rasm formatida bo‘lishi kerak
⏺Adabiyotlar ro‘yxati: ilmiy manbalar asosida yozilishi, kamida 8-10 ta bo‘lishi tavsiya etiladi
⏺Plagiat tekshiruvi: kamida 65% o‘ziga xoslik talab etiladi
Muhim: Agar maqolada boshqa mualliflarning fikrlari keltirilgan bo‘lsa, albatta havola berilishi kerak. Aks holda, maqola rad etiladi!
✅Maqolalar 2025-yil 22-noyabr sanasiga qadar qabul qilinadi.
-Maqolalarni yuborish: https://journal.avloniy.uz
ILM-FAN RIVOJIGA HISSA QO‘SHING – TADQIQOTLARINGIZNI BIZ BILAN BAHAM KO‘RING!
