Malakali muharrirlarni ishga taklif etamiz!
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti “PIRLS 2026 tadqiqotining qamrov doirasi” (PIRLS 2026 Assessment Frameworks) (71 bet) qo‘llanmasini tahrirlash uchun muharrirlarni shartnoma asosida ishga taklif etadi!
TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:
Matn muharriri (Tahrirlash)
✅NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
✅Oliy ma‘lumot sohasi bo‘yicha yuqori malaka hamda kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
✅oliy ma‘lumotli mutaxassis, bakalavr yoxud magistr diplomiga ega bo‘lgan soha mutaxassisi;
✅zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.
NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
✅muddatlarga rioya qilish, mas‘uliyat va javobgarlik;
✅yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.
VAZIFA:
matndagi grammatik, imloviy, uslubiy xatolarni aniqlash va tuzatish;
matndagi ma‘lumotlarning to‘g‘riligi, mantiqiy izchilligi va tushunarliligini ta‘minlash;
matnni nashr uchun tayyorlash, sayqallash va yakuniy ko‘rinishga keltirish.
❗️Talabgorlar 2025-yil 18-avgustga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni:
Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
ma‘lumotnoma (Obyektivka);
diplom va pasport nusxalari;
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67, (99) 828-10-07