A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti malakali dizaynerlarni ishga taklif etadi!
Institut quyidagi qo‘llanmalarni dizayn va sahifalash uchun shartnoma asosida dizaynerlarni ishga taklif etadi:
Qo‘llanmalar:
-
“Ta‘lim menejmenti” (224 bet)
-
“Najot tarbiyada” (80 bet)
-
“Milliy tarbiya” (192 bet)
TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:
Dizayner (Sahifalash, dizayn)
NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
Oliy ma‘lumot sohasi bo‘yicha yuqori malaka hamda kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
oliy ma‘lumotli mutaxassis, bakalavr yoxud magistr diplomiga ega bo‘lgan soha mutaxassisi;
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.
NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
- Muddatlarga rioya qilish, mas‘uliyat va javobgarlik;
- Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.
VAZIFA:
- Kitobning dizayn strukturasini ishlab chiqish;
- Kitob sahifalarining vizual dizaynini yaratish, infografika va jadvallar dizayni yaratish;
- Matn va grafika (foto, jadval va infografika) joylashuvini muvofiqlashtirish va zamonaviy dizayn dasturlaridan foydalangan holda sahifalash;
- Matnlarni imlo xatolarini to‘g‘irlash (musahhih xizmati);
- Kitob muqova dizayni yaratish;
Talabgorlar 2025-yil 18-avgustga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni:
Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
maʼlumotnoma (Obektivka);
diplom va pasport nusxalari;
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67, (99) 828-10-07