A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti malakali mutaxassislarni ishga taklif etadi!
A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutining “Menejerlik o‘quv kurslari” tinglovchilari uchun har oyda “Notiqlik” mavzusida tashkil etiladigan seminarlarda trener sifatida ishtirok etish uchun malakali mutaxassislar shartnoma asosida hamkorlikka taklif etiladi!
TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:
Tinglovchilarning jamoani boshqarish, jamoatchilik bilan aloqalar o‘rnatish bo‘yicha kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishi talab etiladi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
✅ Oliy ma’lumot;
✅ Ta’lim sohasida yuqori malaka, rahbarlik va trenerlik tajribasiga ega bo‘lish;
✅ Ta’lim menejmenti hamda notiqlik san’ati bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
✅ Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.
Nomzodning shaxsiy fazilatlari:
✅ Belgilangan muddatlarga qat’iy rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlikni his eta olish;
✅ Yangiliklarga ochiqlik, kreativ va tizimli fikrlay olish qobiliyati.
Vazifalar:
⏩ “Menejerlik o‘quv kurslari” tinglovchilari uchun har oyda belgilangan dastur asosida interaktiv seminarlar o‘tkazish.
Hujjatlar topshirish muddati:
2025-yil 4-avgustgacha quyidagi hujjatlarni A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutining Inson resurlarini rivojlantirish bo‘limiga taqdim etish so‘raladi:
-
Tijorat taklifi (belgilangan vazifalar bo‘yicha);
-
Ma’lumotnoma (CV);
-
Diplom va pasport nusxalari.
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy
Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67