Malakali tarjimonlar shartnoma asosida ishga taklif etiladi!

615 23.07.2025 15:10

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti PIRLS 2026 baholash materiallarini (15 900 belgi) o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillariga moslashtirish va tarjima qilish, shuningdek, “PIRLS 2026 tadqiqotining qamrov doirasi” (PIRLS 2026 Assessment Frameworks) (71 bet) qo‘llanmasini o‘zbek tiliga tarjima qilish uchun malakali tarjimonlarni shartnoma asosida ishga taklif etadi!

Taklif etilayotgan mutaxassislar:

– Tarjimonlar (o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillari bo‘yicha)

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

– Oliy maʼlumot, malaka hamda kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
– Chet tillar bo‘yicha oliy maʼlumotli mutaxassis, bakalavr yoki magistr diplomiga ega bo‘lgan soha mutaxassis;
– Har bir tarjimon o‘zi ish yuritadigan tillarni (ingliz–o‘zbek, ingliz–rus, ingliz–qoraqalpoq yo‘nalishida) mukammal bilishi;
– Kompyuter va zamonaviy tarjima dasturlarini ishlatish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
– Tarjima qilish jarayonida terminologik izchillikni taʼminlash va atamalar bazasini yurita olish;
– Tarjima sifatini nazorat qilish va xatolarni tuzatish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.

Nomzodning shaxsiy sifati:

– Muddatlarga qatʼiy rioya qilish, masʼuliyat va javobgarlik;
– Yangiliklarga ochiqlik, kreativ fikrlash;
– Jamoada ishlash qobiliyati;
– Murakkab vaziyatlarda ham samarali ishlash qobiliyati;
– Tashabbuskorlik va o‘z vazifalariga ijodiy yondashish.

Vazifa:

– Baholash materiallarini tarjimasini xalqaro tashkilot tomonidan taqdim etilgan maxsus platformada amalga oshirish;
– Tarjima matnlarini moslashtirish va matnning ravonligini taʼminlash;
– Tarjima jarayonida izchillikni saqlash va terminologik bir xillikni taʼminlash;
– Tarjima qilingan materiallarning yakuniy tahririni amalga oshirish;
– Tarjima qilingan materiallarning o‘z mazmuniga mosligi va tushunarliligini taʼminlash.

Talabgorlar 2025-yil 26-iyul sanasiga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni topshirishlari so‘raladi:

– Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
– Maʼlumotnoma (Obyektivka);
– Diplom va pasport nusxalari.

Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy
Murojaat uchun telefonlar:
 +998 55 508 06 67
 +998 99 828 10 07

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech