A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti malakali dizaynerlarni ishga taklif etadi!
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti quyidagi:
“Ta’lim menejementi” (168 bet);
“Oʻquv-tarbiya jarayonini boshqarish va rivojlantirish” (216 bet);
“Rahbarning oʻzini-oʻzi va pedagoglarni uzluksiz kasbiy rivojlantirishi (CPD)”(128 bet);
“Inson resurslarini boshqarish (HR)” (105 bet);
“Ish yuritish va hisobdorlik” (172 bet);
“Jamoatchilik va ota-onalar bilan oʻzaro hamkorlik” (89 bet);
“Boshqaruvda raqamli texnologiyalar va sun’iy intelekt (AI)” (104 bet);
“Taʼlimda liderlik va oʻzgarishlarni boshqarish” (320 bet);
“Inklyuziv taʼlimni tashkil etish” (95 bet);
“Moliyaviy munosabatlarni boshqarish” (137 bet) o‘quv qo‘llanmalarni dizayn, sahifalash uchun dizaynerlarni shartnoma asosida ishga taklif etadi!
TAKLIF ETILAYOTGAN MUTAXASSISLAR:
Dizayner (Sahifalash, dizayn)
NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
✅ Oliy ma’lumot, kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
✅Fan, ta’lim yo‘nalishi yoki ta’lim sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis, bakalavr yoxud magistr diplomiga ega bo‘lgan soha mutaxassisi;
✅ Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.
NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
✅ Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
✅ Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.
VAZIFA:
• Kitobning dizayn strukturasini ishlab chiqish
• Kitob sahifalarining vizual dizaynini yaratish, rasmlarni sayqalash, infografika va jadvallar dizayni yaratish
• Matn va grafika(foto, jadval va infografika) joylashuvini muvofiqlashtirish va zamonaviy dizayn dasturlaridan foydalangan holda sahifalash
• Matnlarni imlo xatolarini to‘g‘irlash (musahhih xizmati)
• Kitob muqovasi dizaynini yaratish
⚡️A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring
Talabgorlar 2025-yil 10-iyunga qadar A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining inson resurslarini rivojlantirish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni:
Belgilangan vazifalar bo‘yicha tijorat taklifi;
ma’lumotnoma (Obektivka);
diplom va pasport nusxalari;
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo koʻchasi, 6-uy.
Murojaat uchun telefon: (55) 508-06-67