15

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi
PQ-231-son “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti huzurida 13.00.07- “Ta’limda menejment”, 13.00.01-“Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” hamda 13.00.02- “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash faoliyatini tashkil etish vazifasi belgilangan.

Mazkur vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2025-yil 28-noyabrdagi
377/2-son qarori bilan A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi DSc.01/2025.28.11.Ped.01.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash hamda uning huzuridagi Ilmiy seminar qayta ro‘yxatdan o‘tkazilib, yangi tarkibda tasdiqlandi.

Ilmiy kengash va Ilmiy seminar tarkibiga institutda ilmiy-tadqiqot faoliyatining samaradorligi va natijadorligini oshirish, yuqori malakali ilmiy hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ilmiy natijalarni keng muhokama qilish va ularni amaliyotga joriy etishga munosib hissa qo‘shayotgan tajribali olimlar hamda salohiyatli mutaxassislar kiritildi.

Mazkur Ilmiy kengashga respublikaning barcha hududlarida ilmiy faoliyat olib borayotgan tadqiqotchilarning quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha dissertatsiyalarini himoya qilish huquqi berildi:

13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi;

13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi;

13.00.07 – Ta’limda menejment.

 

Shuningdek, mazkur Ilmiy kengash negizida quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi bir martalik ilmiy kengashlarni tashkil etishga ruxsat berildi:

13.00.03 – Maxsus pedagogika;

13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi;

13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi hamda metodikasi;

13.00.09 – Ijtimoiy pedagogika.

 

Mazkur Ilmiy kengash faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi pedagogika sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar sifatini yanada oshirish, ilmiy salohiyatni mustahkamlash, hududlarda faoliyat yuritayotgan tadqiqotchilar uchun qulay ilmiy muhit yaratish hamda mamlakatimizda pedagogika fanining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy maktablarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

1. Rajabov Sherzod Umurzoqovich - kengash raisi

2. Xakimova Dildora Mashrabjonovna - rais o'rinbosari

3. Xurramov Isroil Abdurashidovich - ilmiy kotib

4. Sharipova Dilara Djumaniyazovna

5. Fayzieva Maxbubaxon Raximjonovna

6. Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna

7. Abdullaeva Nafisa Shavkatovna

8. Maxmudov Abdulxalim Xamidovich

9. Tashkenbaev Ulugbek Negmatovich

10. Xolmurodov A’zam Shaxriyorovich

11. Ergasheva Malohat Tursunovna

12. Baybaeva Muxayyo Xudaybergenovna

13. Panjiev Qurbonniyoz Berdievich

14. Ibragimov A’lamjon Amrilloyevich

15. Shodiyeva Matluba Jo‘rayevna

  1. Xakimova Dildora Mashrabjonovna

  2. Alkarov Elyor Maxmudovich

  3. Otamurodov G‘olibjon Ro‘zimurodovich

  4. Sharipova Dilara Djumanijazova

  5. Maxmudov Abduxalim Xamidovich

  6. Ergasheva Malohat Tursunovna

  7. Fayzieva Maxbubaxon Raximjonovna

  8. Ibragimov A’lamjon Amrilloevich

  9. Sangirova Zamira Bozorboyevna

  10. OAK eksperti

  11. Jumanazarov Sirojiddin Salaydinovich

  12. Nasrullaeva Fatima Azatovna

  13. Baxramov Anvar Axrarovich

  14. Muhammadyunusova Mohistara Muhammadilxom qizi

  15. Xudoyberdiyev Eldor Uktamjonovich

  16. Yusupova Dilnoza Fayzullaevna

Ilmiy faoliyat

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech