Javob: Qayta tayyorlash kurslarini vazirlar mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarori tartibga solib turadi. https://lex.uz/ru/docs/-5828765?ONDATE=18.01.2022%2000#-5829087

Javob: Qayta tayyorlashning tasdiqlangan o‘quv rejasi va dasturlari asosida ishlab chiqilgan mashg‘ulotlar tizimi;

“Uzluksiz kasbiy taʼlim” platformasida malaka oshirishni boshlayotgan har bir tinglovchi, avvalo, diagnostika testini topshirishi lozim bo‘ladi. Ushbu test bugungi kun talabidagi rahbar va pedagog xodim uchun zaruriy kompetensiyalar asosida tuzilgan bo‘lib, turli soha yo‘nalishidagi test savollaridan iborat bo‘ladi. Yangi malaka oshirish tizimining o‘ziga xos jihati shundaki, har bir pedagog xodim o‘zi bilgan fan sohasidagina emas, balki kasbiy ehtiyojidan kelib chiqqan holda malaka oshiradi. Yaʼni matematika o‘qituvchisi faqat matematika fani bo‘yicha emas, ayni paytdagi fandagi yangiliklar, axborot kommunikatsion texnologiyalari savodxonligi (*bugungi kunning eng dolzarb va muhim talablaridan), shuningdek metodik, iqtisodiy, huquqiy va shu kabi ehtiyojlari asosida malaka oshiradi.

Savollar 36 ta turli yo‘nalishlar bo‘yicha tuzilgan testlardan iborat bo‘lib, uning natijasi faqatgina o‘qituvchining bilim bo‘shliqlarini aniqlash hamda shu asosida kerakli kurslarni tavsiya etishdan iboratdir. Test natijasi tinglovchiga hech qanday kredit ballarni taqdim etmaydi. Diagnostika testi har yili malaka oshirish kontentlari kabi yangilanadi.

Ko‘pchilik tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olib yangi joriy etilgan malaka oshirish tizimi "Uzluksiz kasbiy taʼlim" imkoniyatlari haqida maʼlumotlarni ulashamiz:

Istalgan payt istalgan joydan turib o‘qish (buning uchun eng kamida sizda mobil aloqa vositasi yaʼni telefon qurilmasining bo‘lishi kifoya);

12 oy uchun atigi 36 soatli malaka oshirish o‘quv yuklamasi (oldingi tizimda 144 soat bir oy davomida majburiy asosda o‘qitish amalga oshirilgan bo‘lsa, LMS da 12 oy davomida shu belgilangan 36 soatni o‘zingizga qulay bo‘sh vaqtingizda o‘qiysiz );

Butunlay yangilangan malaka oshirish kurslari (test yodlashdek zerikarli tizim endi yo‘q). Shuningdek, o‘quv kurslarining kontentlari har yili yangilanib boriladi;

Tinglovchini yiqitish uchun mo‘ljallangan imtihon tizimi mavjud emas (maqsad mavzuni toki o‘zlashtirguningizga qadar o‘rganish);

100% korrupsiyadan holi (inson omili aralashmaydi);

Mutlaqo tekin.

Shu bilan birga LMS platformasida o‘qib quyidagi mavjud muammolarga yechim topasiz:

Malaka oshirish kusrlari darsdan ajralgan holda olib borilganligi sababli endi o‘rningizga boshqa birov bir oy davomida sinfingizga qarab o‘tirishi shart emas;

Taʼlim muassasasiga pul sarflab bir oy qatnash yoki poytaxtga bir oyga jo‘nab ketishingiz shart emas (bir oy yo‘l kira va ovqatlanish, shuningdek turli qog‘ozbozliklar uchun sarflanadigan xarajatlarni tejab qolasiz);

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech